Rossiyaning Stavropol o‘lkasida Su-25 samolyoti o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida falokatga uchradi.
Rossiya mudofaa vazirligining matbuot xizmati va axboroti boshqarmasida ma'lum qilinishicha, falokat 29 fevralda Moskva vaqti bilan soat 19:23 da Budennovsk aerodromi yaqinida sodir bo‘lgan.
"Parvoz jangovar to‘plamsiz amalga oshirilgan. Samolyot kimsasiz joyga qulagan, vayronalar yo‘q. Uchuvchi halok bo‘ldi", dnyilmoqda xabarda.
Samolyotning qulashini tergov qilish uchun maxsus komissiya tuzildi, uning tarkibiga Rossiya Qurolli kuchlari aviatsiyasi xavfsizlik xizmati mutaxassislari kirdi.