Saudiya Arabistoni mudofaa vazirining maslahatchisi, general Ahmad Asiriy Sputnik agentligiga bergan intervyusida Suriyada quruqlikdagi harbiy operatsiyani o‘tkazish masalasi siyosiy darajada hal qilingani, biroq hali harbiy darajada muhokama qilinmaganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Bryusselda mudofaa vazirlari bu qarorni siyosiy darajada qabul qildilar. Hozircha harbiy darajada hech qanday tayyorgarchilik ishi o‘tkazilmadi. Bizda tayyor reja bo‘lganda, biz unga muvofiq harakat qilamiz va quruqlikdagi operatsiya amalga oshiriladi", deb aytdi Asiriy.
Avvalroq Asiriy AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi mudofaa vazirlari ikki hafta avval Bryusselda Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazish variantlarini muhokama qilganlarini ma'lum qilgandi.
AQSh Davlat departamenti vakili "bu ma'lumotlar hech qanday asosga emasligini" aytgan.