Rossiya HHKga tegishli, so‘nggi rusumdagi Tu-214R razvedkachi samolyoti Suriyani tark etdi. Bu samolyot fevral oyi o‘rtasida Suriyaga keltirilgandi. U endi Qozondagi aviatsiya zavodi aerodromiga qaytadi.
Parvozlarni kuzatib boruvchi Flightradar24 saytida samolyot 1 mart kunining ikkinchi qismida Xmeymim bazasidan tark etgani aytilgan.
Bort raqami RA-64514 bo‘lgan bu samolyot Suriya bo‘ylab uchishni amalga oshirgan, Bag‘dod ustidan o‘tib, Eron shimoligacha borgan. Keyin u Kaspiy dengizi ustidan uchib, Astraxan, Volgograd va Saratov bo‘ylab parvoz qildi.
Bundan oldinroq Rossiya harbiy-havo kuchlari tarkibida ikkita Tu-214R samolyoti sinovdan o‘tayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.