Rossiya madaniyat vazirligi amerikalik aktyor Leonardo DiKaprioni "Oskar" mukofoti olgani bilan Vladimir Putin bilan birga tushgan suratiga ishlangan kollaj bilan tabrikladi. Kollaj vazirlikning instagramdagi sahifasida chop etildi.
Suratda DiKaprio va Putin tasvirlangan bo‘lib, unga "Rahmat, Vladimir Vladimirovich! – "Arzimaydi, esingdan chiqar" (Spasibo, Vladimir Vladimirovich! – Da fignya, zabud) degan matn qo‘shilgan. Kollaj go‘yoki aktyor "Oskar" olishida Putinning hissasi borligi uchun unga minnatdorchilik bildirayotgandek ishlangan.
"Biz Leoga muxlislik qildik!" («My boleli za Leo! #spasibo #ktoyeslineon»), deyilmoqda vazirlik instagramida.
DiKaprio "Omon qolgan" filmi uchun birinchi marta "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritdi. Avvalroq aktyor Putinning rolini o‘ynashga tayyorligini bildirgandi. "Putinni o‘ynash juda-juda qiziq bo‘lardi, men uning rolini mamnuniyat bilan ijro etgan bo‘lardim", deb aytgandi Leo. Aktyor Putin bilan bir necha yil avval Sankt-Peterburgda sibir yo‘lbarslarini qutqarishga bag‘ishlangan forumda shaxsan uchrashgan.
Oxirgi vaqtlarda DiKaprio bir necha bor Rossiyaga taklif qilingan. Jumladan, Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy ham aktyorni "Oskar" olgani bilan tabrikladi hamda uni yana Rossiyaga kelishga taklif qildi.
Leonardo DiKaprioning onasi rus ildizlariga ega bo‘lib, aktyor Putin bilan uchrashganda bu haqda unga gapirib bergan. "Men yarmimga rusman", deb aytgandi aktyor.