Rossiya federal telekanallari Moskvadagi qizcha qotili haqida xabar bermaslikka qaror qilishdi

Jamiyat 15:30 / 01.03.2016 10944

Rossiyadagi markaziy telekanallar bo‘lmish "Pervyy", "Rossiya-1", NTV va ReN TV 29 fevral kuni vahshiyona qotillikka qo‘l urgan enaga haqida xabar tarqatmaslik va sukut saqlanni ma'qul ko‘rishdi. Bu haqda RBK nashri xabar yozgan. Shuningdek, Moskvadagi TVTs telekanali ham asli o‘zbekistonlik bu enaganing jinoyati haqida xabar bermagan.

Telekanalda shu kuni asosiy mavzular Vorkutdagi shaxtadagi fojia, Yevropada qochqinlarning politsiya bilan to‘qnashuvlari hamda Leonardo di Kaprioning "Oskar" olishi bo‘ldi.

Telekanal xodimlarining RBK nashriga ma'lum qilishicha, telekanallarga bolaning o‘ldirilishi haqidagi lavhalarni bermaslik haqida tavsiya kelgan.

"RBK suhbatdoshlarining tushuntirishlaridan shu narsa ayon bo‘ladiki, hukumat vakillari mazkur jinoyat sabab milliy masalaga e'tibor qaratilishidan xavotir olgan", — deyiladi xabarda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa hukumat telekanallarga bu borada ko‘rsatma bergani haqidagi xabarni inkor qildi.

"Yo‘q, bunday emas. Kanallarning o‘zi bu jirkanchlikni ko‘rsatmadi. Lekin biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz", deydi u.

"Pervyy", "Rossiya-1", NTV va ReN TV telekanallarining rasmiy vakillari esa bu haqdagi xabarlar nega efirga ketmagani xususida ma'lumot berishmagan.

Eslatib o‘tamiz, 29 fevral kuni Moskva shimoli-g‘arbidagi yong‘in yuz bergan xonadonda boshsiz qizning tanasi topildi. Oradan bir necha soat o‘tib, "Oktyabrskoye pole" metro bekatida shu qizning enagasi, o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova hibsga olindi. Bu vaqtda u qo‘lidagi paketga qizchaning boshini solgan holatda bo‘lgan va o‘zini qo‘lga olmoqchi bo‘lishganida "portlatib yuborish" bilan tahdid qilgan. Keyinroq, u qo‘lga olingan va ayol aybiga iqror bo‘lib, ko‘rsatma bergan.

Manba: Moskvada 4 yoshli bolani o‘ldirgan enaga giyohvand modda ta'sirida bo‘lgan

Moskvadagi qotil-enaga tergovda o‘z jinoyati sababini aytdi

Moskvada 4 yoshli go‘dak qotilligida gumon qilingan enaga o‘z aybiga iqror bo‘ldi

Moskvadagi o‘zbek diasporasi qotil enaganing jinoyatini millati bilan bog‘lamaslikni iltimos qildi

Moskva musulmonlari enaga tomonidan amalga oshirilgan vahshiy qotillikni islom bilan bog‘lamaslikni so‘radi

Ko‘proq yangiliklar: