«Real» mavsum yakunida yarim himoyachilaridan birini sotib yuborishni rejalashtirmoqda

Sport 17:16 / 01.03.2016 3384

Ispaniyaning «Real» klubi yozgi transferlar paytida Isko va Xames Rodrigesga bo‘ladigan takliflarni o‘rganib chiqadi. 

As nashri bergan xabarga ko‘ra, klubda mazkur futbolchilarning joriy mavsumda ko‘rsatgan o‘yindan norozi bo‘lishgan. Ayniqsa Garet Beyl jarohat olgan pallada ulardan birortasi barqaror o‘yini bilan uning o‘rnini munosib tarzda bosa olmagan. 

Xames joriy mavsumda Rafael Benites murabbiylik davrida jamoaning 46,5 foiz uchrashuvlarida qatnashgan. O‘tgan yilda uning ko‘rsatkichi 84 foizni tashkil qilgandi. Bundan tashqari, klubga Xamesning noyabr oyida o‘z maoshini Serxio Ramos va Beyl oladigan maosh darajasiga ko‘tarib qo‘yishlarini so‘ragani ma'qul bo‘lmagan. 

Shu bilan birgalikda, «Real» vakillari amaldagi bosh murabbiy Zinedin Zidan boshchiligida u eski formasiga qaytishi va o‘ta qulay taklif bo‘lganda uni sotishni mo‘ljallagan. 

Isko masalasida esa, «Real» futbolchining o‘sishi kutib charchagan. Qayd qilinishicha, futbolchi Zidanning ishonchini yo‘qotib bo‘lgan. Natijada madridliklar kamida shu ikki futbolchidan biri bilan xayrlashishni reja qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: