Qozog‘istonda 1 mart kuni ilk marta yangi bayram nishonlanmoqda. Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev yanvar oyida bu kunni Shukronalik kuni sifatida belgilab qo‘ygan. Bu haqda Nur.kz portali xabar bergan.
"Nazarboyev 22-Qozog‘iston xalq assambleyasi vaqtida har yili bu kunni bayram qilish taklifini bildirgandi", deyiladi xabarda.
U o‘shanda "shukronalik - bu barcha millat va elatlarning o‘zaro ahil va inoqlikda yashashi" ekanini qayd etgan.
Nazarboyev o‘z chiqishida XX asr boshida mamlakatga Rossiya, Ukraina va Belarusdan 1,15 mln kishi kelganini eslatib o‘tgan. U o‘tgan asrning 30-yillarida Qozog‘istonga yana 250 ming dehqon jo‘natilgani haqida aytgan. Stalin boshqaruvi vaqtida turli xalqlarga mansub yuz ming kishilar Qozog‘istonga surgun etilgani qo‘shimcha qilib o‘tilgan.