Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shukronalik kuni munosabati bilan hamkasblar va do‘stlar bir-birlarini o‘rtadagi barcha ginalarni unutishga chaqirdi va kechirimli bo‘lishni tavsiya qildi. Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar tarqatgan.
Uning aytishicha, 1 mart kuni ertalab u o‘zining barcha hamkasblaridan o‘tmishdagi xafagarchiliklar uchun uzr so‘ragan.
"Agar ish jarayonida o‘zingiz bilmagan holda kimnidir xafa qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, keling, bugun uzr so‘rang va munosabatlarni yangidan boshlang", deydi Nazarboyev.
Qozog‘istonda bundan buyon 1 mart kuni Shukronalik kuni sifatida o‘tkazilishi joriy qilingan.