Qirg‘izistonda archa kesgan o‘zbekistonlikka 6 yil qamoq jazosi tayinlandi

Jamiyat 18:49 / 01.03.2016 5825

Qirg‘iziston janubidagi Botkent viloyati hududida archalarni noqonuniy kesish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosiga 6 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Botkent viloyati sudi matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 2013 yilda viloyatning Qadamjo tumanidagi "Qurjun" yaylovida 10 tup archani noqonuniy ravishda kesgan. U bu orqali Qirg‘izistonga 750 ming som zarar keltirgan.

Xabarda aytilishicha, 2014 yilda ham u Bekjon, Azamat va Umar ismli sheriklari bilan Qirg‘izistondagi archalarni noqonuniy ravishda kesgan va atrof-muhitga zarar keltirgan. Ular yetkazgan jami zarar miqdori 1 million 50 ming somni tashkil etgan.

Ushbu shaxsga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 279 moddasining 2,3 bandi bo‘yicha (Daraxt va butalarni noqonuniy ravishda kesish) jinoiy ish ochilgandi. Ish yakunida qonunbuzarga jami 6 yillik qamoq jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: