«Palermo» prezidenti Mauritsio Dzamparini Janni Infantinoning FIFA prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qilganiga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi.
«Bundan keyin ham FIFAdagi vaziyat o‘zgarmaydi, qog‘ozbozlarning kattasi Infantino hisoblanadi, u shu vaqtgacha amalda bo‘lib kelgan tizimning bir qismidir.
Agar uni saylashgan ekan, demak, u shunchaki shayxdan ko‘ra ko‘proq odamni sotib olgan. Umid qilamanki, meni bu so‘zlarim uchun futboldan chetlatishadi. Shunday bo‘lgani ham yaxshi», – deydi Dzamparini.