1 mart kuni Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dato Noraini binti Abdul Hamid O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - oliy o‘quv yurtida bugungi kunda malay tilining o‘qitilishi haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish, ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ta'limiy hamkorlik negizida kadrlar almashinuvining kelgusi rejalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida universitet rektori 4ta guruhda jami 46 nafar talaba malay tilini ikkinchi til sifatida o‘rganib kelayotgani, elchixona tomonidan har yili e'lon qilinayotgan MTSR dasturi orqali Malayziya universitetlarida malaka oshirayotgan o‘qituvchi va talabalar faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv so‘nggida mehmonlar O‘zDJTU yangi binosining zamonaviy infratuzilmasi bilan batafsil tanishib chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda universitet Malayziyaning Perlis, Sultan Idris va Binari universitetlari bilan ikki tomonlama xamkorlikka ega.