O‘qishga kiritish da'vosi bilan tovlamachilik qilgan ayol ushlandi

Jamiyat 11:39 / 01.03.2016 5307

Universitet test imtihonidan o‘ta olmagan abituriyentlarni qo‘shimcha shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yish maqsadida tovlamichilik qilish holatlari har yili uchrab turadi.

“Huquq” nashrining yozishicha, namanganlik fuqarolar ham firibgar ayolning yolg‘onlari tuzog‘iga ilindi. Universitetga kira olmagan yigit tanishining tavsiyasi bilan bir ayolga murojaat qiladi. Ayolning yolg‘on gap-so‘zlariga ishonib, qayerda, kim bo‘lib ishlashini ham so‘ramay, qo‘shimcha shartnoma asosida o‘qishga kirish uchun 2000 AQSh dollarini berib yuboradi. Oradan oylar o‘tib ketsa ham, va'da bajarilmaydi. Tovlamachi ayol turli bahonlar bilan yigitning pulini qaytarib bermaydi. Shundan so‘ng, fuqaro huquq tartibot organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Nashr bu jarayonda o‘qishga kirishning oson yo‘lini tanlagan yigitning ishini ham oqlab bo‘lmasligini yozadi.

Ko‘proq yangiliklar: