«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulot vaqtida o‘z jamoadoshlaridan kechirim so‘radi.
Madridliklarning dushanba kungi mashg‘uloti Ronalduning jamoadoshlaridan uzr so‘rashi orqali boshlangan.
Goal.com nashri ma'lumotiga ko‘ra, 30-yoshli bu futbolchi o‘z gaplarini matbuot orqali noto‘g‘ri talqin qilishganini aytgan va o‘zi jamoadoshlarini kamsitish niyatida bo‘lmaganini ta'kidlagan.
O‘z navbatida madridlik futbolchilar matbuotdagi gaplarga e'tibor berishmaganini va Ronaldudan xafa bo‘lishmaganini bildirishgan.