Forbes 2016 yildagi eng badavlat odamlar ro‘yxatini e'lon qildi

Jahon 22:23 / 01.03.2016 19339

Amerikaning Forbes jurnali sayyoramizning 2016 yildagi eng badavlat odamlarning 30-yubiley ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxat boshini bu safar ham Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri Bill Geyts egalladi. Jurnal uning boyligini 75 milliard dollar deb baholadi.

Ikkinchi o‘rinda esa, Zara tarmog‘ining asoschisi, ispaniyalik tadbirkor Amansio Ortega egalladi, uning boyligini esa jurnal 67 milliard dollar deb baholadi. Uchinchi o‘rin amerikalik sarmoyador, Berkshire Hathaway asoschisi Uorren Baffetga nasib etdi va uning hisob raqami esa 60,8 milliard dollarga teng.

Tadbirkorlarning top-beshtaligiga meksika telemagnati Karlos Slim (50 milliard dollar) va Amazon ning asosiy aksioneri Djyeff Bezos (45,2 milliard dollar) ham kirgan.

Eng badavlat tadbirkorlar o‘ntaligiga quyidagi odamlar kiritildi: Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg (44,6 milliard dollar), Oracle asoschilaridan biri, direktorlar kengashi raisi va korporatsiyaning texnologiyalar bo‘yicha direktori Larri Ellison (43,6 milliard dollar), Bloomberg agentligi asoschisi, sobiq Nyu-York hokimi Maykl Blumberg (40 milliard dollar), sarmoyadorlar va aka-ukalar Charlz va Devid Kox (39,6 milliard dollardan har biri).

Ko‘proq yangiliklar: