Ikki baliqchi Filippin qirg‘oqlari yaqinidan bortida mumiyo bo‘lgan yaxta topib olishdi, deb xabar beradi The Independent.
Yaxtaning machtasi singan holda bo‘lgan, mumiyo esa kema boshqaruv xonasidan (rubka) topilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, vafot etgan 59 yoshli kapitan nemis sayohatchisi bo‘lib, yaxtaga 20 yildan beri egalik qilgan va u bilan yarim million dengiz milini suzib o‘tgan.
Uning o‘limi kuni va sababi hali aniqlanmagan, lekin politsiyaning taxminiga ko‘ra, kapitan yurak xuruji tufayli vafot etgan.