Yevropaning eng yaxshi mashinalari nomi ma'lum qilindi

Fan-texnika 18:23 / 01.03.2016 5231

Jyeneva avtosaloni ochilishi arafasida har yilgi an'anaviy "Yil avtomobili" tanloviga yakun yasaldi. Bu yilgi tanlov g‘olibi yangi avloddagi Opel Astra xetchbeki bo‘ldi. Unga 309 ball berildi. Bosh mukofot Opel markasining rahbari Karl-Tomas Noymanga topshirildi.

Qolgan o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: 2-o‘rin – Volvo XC90 yo‘ltanlamasi (294 ball), 3-o‘rin –Mazda MX-5 rodsteri (202 ball), 4-o‘rin – Audi A4 oilasi (189 ball), 5-o‘rin – Jaguar XE (163 ball), 6-o‘rin – Skoda Superb (147 ball). Ro‘yxatni yangi avloddagi BMW 7-Series sedani yakunladi (143 ball).

Yakuniy reytingda o‘rinlar Yevropaning 22 ta davlatidan bo‘lgan 58 jurnalistdan tashkil topgan hakamlar hay'ati ovoz berishi natijalariga ko‘ra taqsimlandi.

2015 yilda bu mukofotni 8-avloddagi Volkswagen Passat avtomobili egallagandi. 2-o‘rin va 3-o‘rinni mos ravishda Citroen C4 Cactus va Mercedes-Benz C-Class oilasi egallagan. 2014 yilda Peugeot 308 xetchbegi, 2013 yilda esa 7-avloddagi Volkswagen Golf Yevropada yilning eng yaxshi mashinasi deb topilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: