Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod va O‘zbekistonning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shoqosim Shoislomov o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Tojikiston respublikasi TIV saytida xabar berilgan.
Uchrashuv chog‘ida ikki davlatning ShHT doirasidagi hamkorligi masalalari hamda 2016 yilning 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasi xususida gaplashilgan.