Bishkekdagi “Zelenstroy” mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi yozgi mavsum uchun shaharni ko‘kalamzorlashtirishga kirishdi. Bu haqda Bishkek shahar hokimligi sayti ma'lum qildi.
Tashkilot xodimlari shaharning markaziy joylari va bog‘larda 427 dona ninabarg turidagi daraxtlarni ekishdi.
Joriy yilning fevral-may oylari ichida Bishkekning markaziy joylarida 395 dona nina va yoyiq bargli daraxtlar, 70 ta butazor, 108,6 ming shox devor o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, rejada 4695 dona daraxtni butash va 40 tasini kesib tashlash ko‘zda tutilgan.
2016 yilning may oyida “Zelenstroy” 2,9 mln dona bir mavsumlik gul ko‘chati ekishni rejalashtirgan.