AQShning Aydaho shtatida amerikalik aktyor Jorj Kennedi 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qarindoshlariga asoslanib, TMZ portali xabar bergan.
Aktyorning nabirasi aytishicha, uning sog‘ligi 1 yil oldin rafiqasini yo‘qotganidan keyin kundan-kunga yomonlashib borayotgandi. U Boyse shaharchasidagi uyda oxirgi kunlarini o‘tkazgan.
Jorj Kennedi o‘tgan asrning 60-yillarida filmlarda suratga tushishni boshlagan. 1968 yilda u "Sovuqqon Lyuk" filmidagi ishtiroki uchun "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" nominatsiyasi bo‘yicha "Oskar" olgan. Bundan tashqari u "Aeroport", "Yalong‘och qurol" kabi filmlari bilan mashhurlikka erishgan.
Uning so‘nggi roli 2014 yilda suratga olingan "O‘yinchi" filmidagi rol bo‘lib qoldi.
#BREAKING: George Kennedy, actor known for role in 'Cool Hand Luke,' dies at 91: Report https://t.co/iGFyW6xMGA pic.twitter.com/8VFaM0Kb6Z
— KTLA (@KTLA) 29 fevralya 2016 g.