AQSh Davlat departamenti mamlakat fuqarolarini Turkiyaga safar qilish xavfliligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi xabar tarqatgan.
Departament bu mamlakatda ro‘y bergan keyingi teraktlar tufayli amerikaliklarning bu mamlakatda xavfsizlikda bo‘lmasligini ko‘rsatishini qayd etib o‘tgan.
"Davlat departamenti fuqarolarni Turkiyaga safar qilishdan tiyilishga chaqiradi", deydiladi shu xususidagi hujjatda.
17 fevral kuni Anqarada 28 kishining o‘limiga va 60dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan terakt amalga oshirilgandi. 18 fevral kuni mamlakat janubi-sharqida harbiylar karvoniga hujum uyushtirildi. Turkiya rahbariyati bu teraktlar uchun javobgarlikni "Kurdiston ozodligi lochinlari" nomli terrorchi guruh zimmasiga yuklagan.