AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi mudofaa vazirlari ikki hafta oldin Bryusselda Suriyada quruqlikdagi operatsiyani o‘tkazish imkonini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri yordamchisi, brigada generali Ahmad Asiriy ma'lum qildi.
Asiriyning aytishicha, muhokama harbiy darajada emas, balki siyosiy darajada o‘tkazilgan. General, shuningdek, muhokama yakunlariga ko‘ra hech qanday qaror qabul qilinmagani qo‘shimcha qildi.
"Quruqlikdagi operatsiya tashkillashtirilib va unda qancha qo‘shin ishtirok etishi, ular qayerga yuborilishi hal qilingandan keyin biz unda ishtirok etamiz", deb aytdi Asiriy va buni harbiy mutaxassislar bilan muhokama qilish zarurligini qo‘shimcha qildi.