Amerikalik general Liviyaga AQShning ko‘magi shart deb hisoblaydi

Jahon 13:10 / 01.03.2016 2534

Donald Bolduk fikriga ko‘ra, Liviyada milliy birlik hukumatining tashkil etilishiga qaramasdan, mamlakatda maxsus kuchlar tashabbusi bilan chegaralab qo‘yilgan AQSh harbiy kuchlarining aralashuviga ehtiyoj tug‘iladi.

Liviya AQSh ning harbiy yordamisiz ushbu Shimoliy Afrika hududini egallab olgan IShID ekstrimistik guruhini mustaqil o‘zi yakson qila olmaydi. Bu haqda 29 fevral kuni The Wall Street Journal gazetasining elektron versiyasida AQSh ning Afrikadami maxsus kuchlari qo‘mondoni, brigada generali Donald Bolduk ma'lum qildi.

Shu o‘rinda general faqatgina liviyalik harbiylarga jangovor tayyorgarligini oshirish va ularga zarur qurol-aslahalarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi yordamchi kuchlar haqidagina gapirdi. AQSh maxsus kuchlari Liviya hududida mustaqil harbiy operatsiyalar olib borishi ehtimoli xususida ma'lumot bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: