1 mart: Zulfiyaxonim, Ozod Sharafiddinov, Muhammad Ali, G‘ulomjon Yoqubov tavallud topgan kun

Jamiyat 12:33 / 01.03.2016 9873

1 mart—Joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning oltmishinchi, bahor faslining birinchi kuni.

Bugun Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni hamda Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.

VOQeALAR:

1994 yil. O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi-YUNISEF vakolatxonasi ochildi.

1992 yil. O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.

1498 yil. Vasko de Gama ilk bor Mozambikka qadam qo‘ydi.

1565 yil. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga asos solindi.

1869 yil. Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tuzdi.

1928 yil. AQShda doktor Gerbert Evans vitamin—F ni kashf etdi.

1947 yil. Xalqaro valyuta fondi o‘z faoliyatini boshladi.

 

UShBU SANADA TUG‘ILGANLAR:

1910 yil—ingliz biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi Archer Jon Porter Martin,

1915 yil—ulug‘ o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim,

1929 yil—taniqli munaqqid, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov,

1942 yil—O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali

va 1950 yil—O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 1 mart sanasida tavallud topgan.

Ko‘proq yangiliklar: