YouTube’da eshitish qobiliyatini sinashga imkon beruvchi video paydo bo‘ldi

Fan-texnika 01:30 / 29.02.2016 4116

YouTube’dagi "AsapSCIENCE" ilmiy kanali barcha internet foydalanuvchilarga o‘zlarining eshitish qobiliyatlarini bepul sinab ko‘rishni taklif qilmoqda. Buni esa "Sizning qulog‘ingiz qanchalik qari" deb nomlangan tovushli videorolikni ko‘rib amalga oshirish mumkin. Ushbu sinov 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.

Olimlarning ta'kidlashlaricha, inson yoshi va uning eshitish qobiliyatini turli chastotalardagi tovushlarni farqlay olish qobiliyatlaridan aniqlash mumkin. Rolikdagi tovush qatori 8 mingdan 19 ming gersgacha oshib boruvchi chastotaga ega audioyozuvdan iborat. Ma'lum chastotada sinaluvchi tovushni eshitishdan to‘xtaydi. Bu yuz beradigan chastota uning yoshi va eshitish qobiliyatidan darak beradi.

Olimlarning shakalasi bo‘yicha, agar siz 19 ming gersdan yuqoriroq chastotadagi tovushni eshitsangiz, unda siz hali 20 yoshga to‘lmagan bo‘lasiz. Agar 18 ming gersli tovushni eshitsangiz 24 yoshdan kichiksiz, 16 ming gers bo‘lsa hali 30 yoshga to‘lmagan bo‘lasiz. Agar siz 15 ming gerslik tovushni eshitsangiz, unda sizning yoshingiz 40 atrofida, agar 12 ming gerslik tovushni eshitsangiz, unda siz 50 dan yoshroqsiz. 20 mingdan 22 ming gersgacha bo‘lgan tovushlarni esa faqatgina bolalar eshitishadi.

Ko‘proq yangiliklar: