Xitoy xalq banki yalpi ichki mahsulot o‘sishi maqsadida banklar uchun zaxiralash stavkalarini pasaytirdi

Iqtisodiyot 19:51 / 29.02.2016 3155

Xitoy xalq banki (Markaziy bank) iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida barcha tijorat banklari uchun zaxiralash me'yorlarini 0,5 foizga, ya'ni 17,5 foizdan 17 foizga pasaytirdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Xitoy banklari uchun yangi me'yorlar 2016 yil 1 martidan kuchga kiradi. Bunday qaror joriy yilda birinchi bor qabul qilinmoqda.

"Me'yorlar darajasining pasaytirilishi kreditlashning o‘sishi, mamlakatdagi moliyaviy tizim likvidligini oshirish hamda tuzilmaviy islohotlarni o‘tkazish uchun asosni yaxshilashga olib kelishi kerak", deyilmoqda Xitoy xalq banki bergan xabarda.

Ayni vaqtda Xitoy iqtisodiyoti 21-asr boshidan beri o‘sishning eng kam sur'atlarini namoyish qilmoqda. 2015 yilda Xitoy xalq banki zaxiralash me'yorlarini 5 marta pasaytirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: