Ukrainada 2016 yilning 1 mart kunida aholi uchun yetkazib beriladigan elektr energiya minimal narxlari 1 kVt/ch uchun 57 kopeykaga (25 foiz) oshadi. Bu haqda UNIAN xabar bergan.
Bu qaror energetika va kommunal xizmatlar sohasidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha milliy komissiya tomonidan qabul qilingan.
2015 yilning fevralida aholiga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun tariflar grafigi 2 yillik qilib tuzilgandi.
2016 yilning 1 sentabrida aholi uchun elektr energiyaning yangi narxlari joriy qilinishi aytilgan.