Turkmanistonda 8 mart kuni an'anaviy ravishda ayollarga mukofot sifatida pul sovg‘alari tarqatiladi.
"Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan turmanistonlik ayollarga pul mukofotlari berish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi", deyiladi Turkmenportal xabarida.
Qarorga ko‘ra, 1-5 mart kunlari davomida turli davlat tashkilotlari va korxonalarda ishlaydigan va ishlamaydigan, o‘quv muassasalari xodimlari va talabalari, maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilari bo‘lgan xotin-qizlar uchun 40 manatdan (11 dollar) sovg‘a sifatida pul tarqatiladi.