Fransiyaning «PSJ» klubi braziliyalik himoyachisi Tiago Silva o‘zining «Barselona»dagi vatandoshi Neymarga Parij klubiga o‘tishni maslahat bergani haqida gapirib o‘tdi.
«Agar Neymar «PSJ» safiga kelib qo‘shilsa zo‘r ish bo‘lardi. Men uni jamoaga taklif qilganman, biroq hozircha u bunga javob qaytargani yo‘q», – deya gapirib o‘tdi Tiago Silva.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Neymarning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar bu xabarni futbolchining soliqlarni to‘lashda fibigarlik qilgani bo‘yicha sudga chaqirilgani uchun e'lon qilmay turibdi.