Ted Kruz Donald Trampni mafiya bilan aloqadorlikda aybladi

Jahon 07:16 / 29.02.2016 3247

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, Texas shtatidan senator Ted Kruz partiyasi bo‘yicha raqibi, yana bir nomzod  Donald Trampni uyushgan jinoyatchilik bilan aloqasi borlikda aybladi.

Tramp Kruzning saylovoldi poygasidagi asosiy raqiblaridan biri hisoblanadi.

"OAVda Donald mafiya bilan ishlar olib borishi haqida ko‘plab xabarlar mavjud. Ehtimol uning soliq hujjatlari tekshirilishi xabar qilinganidan ko‘proq narsa aytishi mumkin", deb aytdi Kruz NBC telekompaniyasi efirida.

Senatorning aytishicha, Donald Tramp S&A Constructrion qurilish kompaniyasining rahbari bilan bir necha bor bitimlar tuzgan. Bu kompaniya rahbari, "Semiz" laqabli Toni Salerno keyinroq qamoq jazosiga mahkum qilingan. Kruzning aytishicha, bu kompaniyaning egalari Nyu-Yorkning ikkita yirik mafioz klani hisoblanadi. Bu haqda AQSh matbuotida bir necha bor aytib o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: