Qozog‘iston bilan Yevrosiyo Ittifoqi davlatlari orasidagi savdo aylanmasi 30 foizga kamayib ketdi

Iqtisodiyot 20:14 / 29.02.2016 2961

Qozog‘istonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan savdo aylanmasi 30 foizga kamayib ketdi va 15,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining investitsiya va rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Raxim O‘shaqboyev ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"2010 yilda Bojxona ittifoqi yaratilgungacha Qozog‘istonning YeOII davlatlari bilan savdo aylanmasi 18,8 mlrd dollarni tashkil qilgandi va 2014 yilgacha 22 mlrd dollargacha barqaror ko‘tarilib borgan. Biroq 2015 yil natijalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 15,7 mlrd dollarni tashkil qildi, ya'ni deyarli 2014 yilga nisbatan 30 foizga va 2010 yilga nisbatan 20 foizga pasayib ketgan", deb aytdi O‘shaqboyev.

O‘shaqboyevning ta'kidlashicha, YeOII, ayniqsa qoida va qonunchilik borasida, eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiy ittifoqlardan biridir.

"Asosiysi – davlatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga amal qilishdir. Yangi iqtisodiy voqeliklarga qaramasdan, biz o‘z say'-harakatlarimizni saydo aylanmasidagi muammolarni hal qilishga qaratashimiz va tendensiyani o‘sish yo‘nalishida o‘zgartirishimiz lozim", deb qo‘shimcha qildi O‘shaqboyev.

Ko‘proq yangiliklar: