"O‘zekspomarkaz"da 2 mart kuni birdaniga uchta ko‘rgazma ochiladi

O‘zbekiston 22:09 / 29.02.2016 4261

ITE Uzbekistan kompaniyasi Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasidagi 2016 yilgi bahorgi mavsumni birdaniga uchta ko‘rgazma bilan boshlaydi. Bu yerda UzBuild 17-qurilish ko‘rgazmasi, Aqua-Therm Tashkent iqlim va suv ta'minoti qurilmalari 5-ko‘rgazmasi va MebelExpo Uzbekistan mebel va yog‘ochga ishlov berish 13-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

300 ta kompaniya 2-4 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmalarda ishtirok etishini tasdiqladi. ITE Uzbekistan birinchi marta bu ko‘rgazmalarni alohida pavilonlarda o‘tkazadi.

UzBuild-2016 ko‘rgazmasi 19 ta davlatdan 140 ta kompaniya stendlarini birlashtiradi. Bundan tashqari, Germaniya, Italiya va BAA, shuningdek, Rossiyaning Kirov viloyatidagi kompaniyalarning jamoaviy guruhi milliy stendlarni namoyish qiladilar.

Avvalgi yildagi ko‘rgazmaga 13-14 ming odam tashrif buyurgandi, tashkilotchilar bu yilgi ko‘rgazma yanada kattaroq qiziqish uyg‘otishiga umid qilmoqdalar.

Aqua-Therm Tashkent ko‘rgazmasida 12 ta davlatdan 55 ta ishtirokchi qatnashadi.
MebelExpo Uzbekistan ko‘rgazmasida esa 15 ta davlatdan 90 dan ko‘proq kompaniya, jumladan O‘zbekistondan 25 ta kompaniya ishtirok etadi.

Shuningdek, bahorda va yozning ilk kunlari yana bir qator ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi:
"Oziq-ovqat sanoati — WorldFood Uzbekistan" 16-ko‘rgazmasi va "Qishloq xo‘jaligi — AgroWorld Uzbekistan" 11-ko‘rgazmasi (16-18 mart), «Sog‘liqni saqlash — TIHE» (19-21 aprelya) 21-ko‘rgazmasi, "Energetika, energiyani tejash, muqobil texnologiyalar, elektrotexnik qurilmalar, axborot-o‘lchash texnikasi — Power Uzbekistan» 11-ko‘rgazmasi va «O‘zbekiston neft va gazi — OGU» (18-20 may) 20-ko‘rgazmasi hamda "O‘zbekiston infratuzilmasi / Farg‘ona vodiysi — Uzbekistan Infrastructure / Ferghana Valley» 2-ko‘rgazmasi (1-3 iyun).

Ko‘proq yangiliklar: