O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasida Rossiya Federatsiyasi elchixonasining yangi tayinlangan konsullik bo‘limi mudiri Ivan Fetisov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.
Muloqot davomida konsullik masalalari, xususan, ikkinchi mamlakat hududida fuqarolar manfaatlarini himoya qilishning dolzarb jihatlari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular muhokama qilindi.