Emmanuel Lyubetskiyning "Omon qolgan" filmidagi operatorlik ishi unga "Oskar" mukofotini olib keldi. Sakson sakkizinchi taqdirlash marosimini ABC kanali translyatsiya qilmoqda.
Lyubetskiyning rejissyor Alexandro Gonsales Inyarritu bilan hamkorligi, unga ketma-ket ikkinchi yil Oskar mukofotini keltirmoqda. 2015 yilda u "Byordmen" filmi, 2014 yilda esa rejissyor AlFonso Kuaronning "Gravitatsiya" filmida operatorlik ishi uchun "Oskar" sovrindori bo‘lgan edi.
"Omon qolgan" filmi bu yili rekord 12 nominatsiya bo‘yicha taqdim qilingan, shu qatorda rejissura, eng yaxshi aktyor va yilning eng yaxshi filmi nominatsiyalari bor.