OAV: Roman Abramovich muzokaralar o‘tkazish uchun Konte bilan uchrashadi

Sport 15:47 / 29.02.2016 2364

Rossiyalik tadbirkor, Angliyaning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Roman Abramovich yaqin uch kun ichida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Tomonlar London klubini italiyalik mutaxassis boshqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi, deya xabar bermoqda Football Italia.

Xabarda qayd qilinishicha, uchrashuv davomida Abramovich Kontega taklif qilinayotgan uch yillik shartnoma shartlari bo‘yicha muzokara olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Kontening Italiya terma jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2016 yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng nihoyasiga yetadi.

Londonliklar jamoasini ayni vaqtda boshqarib turgan Guus Xiddink 2015 yilning 17 dekabrida Mourino o‘rniga mavsum yakunigacha ishlash uchun taklif etilgandi.

Italiya terma jamoasigacha Konte Turinning «Yuventus» jamoasini 3 mavsum davomida boshqargan va 3 marta ichki chempionatda g‘olib chiqib, 2 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Ayni vaqtda «Chelsi» APLning 27 o‘yinidan keyin 36 ochko to‘plagan holda 11 o‘rinda ketmoqda.

Abramovich «Chelsi»ning yangi murabbiyi kim bo‘lishini hal qildi

Ko‘proq yangiliklar: