Xonanda Shahzoda o‘zining feysbukdagi sahifasiga hamkasbi va yaqin dugonasi bo‘lmish Nilufar Usmonova bilan tushgan suratini joylashtirdi.
Ular bilan birga yana bir yigit ham suratga tushgan. Ushbu suratda juda ham ochiq kiyimda tushgan Nilufar Usmonova tarmoq a'zolarining keskin tanqidiga uchramoqda.
Ular xonandaning libosiga bir qator salbiy munosabatlar bildirishdi.
“Biz ba'zan kimligimizni unutib qo‘yamiz. Yana bir necha yildan so‘ng shou-biznes vakillari yalang‘och yursa ham ajab emas. Ko‘zguga qarang, axir siz yoshlarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak!”
“Oriyati yo‘q o‘zbek qizlari...”
“Shahzoda bu rasmni qo‘ymasligi kerak edi, Nilufarning xabari bormikin? Sharmandalikdan...”
“O‘zbekligimiz esdan chiqmasin...”.
Bu kabi kinoyali mulohazalarga Shahzoda hech qanday javob qaytarmadi va suratni ham olib tashlamadi.
Izohlar orasida ba'zi bir foydalanuvchilar xonandani tanqid ostiga olish noto‘g‘ri ekanligini ta'kidlab, ijobiy fikrlar bildirishgan.
Qolaversa, Nilufar Usmonova o‘zining ham feysbukdagi sahifasida ochiq kiyimdagi videotasvirini joylagan. Videoda arabcha raqsga "xirom aylayotgan" uch nafar farzandning onasi hisoblanmish Nilufarning juda ham ochiq kiyimdaligini ko‘rish mumkin.
"Sport, sog‘lom turmush tarzi sari intilish yaxshi albatta, ammo ayol birinchi navbatda - ayoldir. U o‘zining nafaqat xatti-harakatlari, balki kiygan libosi, sharm-hayosi bilan ham boshqalarga o‘rnak bo‘la olishi kerak. Ayniqsa, agar u xonanda bo‘lsa. Xuddi shunday behayo suratlari va ochiq liboslari uchun yaqindagina xonanda Lola ham qattiq tanqidga uchragan edi. Xonandalar bu kabi kiyimlar orqali kim o‘zarga poyga o‘ynashmoqchi yoki xalqning jig‘iga tegib, o‘zlarining qay darajada «go‘zal» qaddi-qomatli ekanliklarini isbotlab berishmoqchi", deydi fikr bildirganlardan biri.