Moskvada 4 yoshli bolani vahshiylarcha o‘ldirganlikda gumon qilinib, uning enagasi qo‘lga olingan.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma'lumotiga ko‘ra, bolaning tanasi topilganda, uning bosh qismi bo‘lmagan. Taxminlarga ko‘ra, marhum bolaning boshini enaga olib ketgan, deb xabar beradi TASS.
29 fevral kuni Moskvaning Narodnoye Opolcheniye ko‘chasidagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bitta xona, yo‘lakdagi buyumlar va mebellar yongan. Yong‘in o‘chirilgach, zo‘ravonlik alomatlariga ega 3-4 yoshli bolaning boshsiz tanasi topilgan.
Ushbu fojia yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.