Italiyalik bastakor Ennio Morrikone Kventin Tarantinoning "Jirkanch sakkizlik" filmiga bastalagan musiqasi uchun "Oskar"ga loyiq deb topildi.
Bundan oldin bastakor aynan shu nominatsiya bo‘yicha "Oltin Globus" mukofotini qo‘lga qiritgan edi. 87 yoshli Morrikone bu safar ushbu nominatsiya bo‘yicha "Oskar"ga oltinchi bor nomzod sifatida ko‘rsatilgandi va birinchi marta mukofotga sazovor bo‘lmoqda.
Uning kolleksiyasida kinoga musiqiy jo‘r bo‘lishga qo‘shgan hissalari uchun topshirilgan "Oskar" ham bor. Bastakor o‘zining keksa yoshiga qaramay taqdimot marosimiga keldi va ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. U kinoakademiyaga minnatdorchilik bildirdi va mukofotni rafiqasi Mariyaga bag‘ishladi.
Bu nominatsiya bo‘yicha Morrikone bilan birgalikda, Tomas Nyuman "Ayg‘oqchi ko‘prigi" filmidagi musiqa uchun, Karter Beruell ("Kerol"), Jon Uilyams ("Yulduzlar jangi:Kuchlar uyg‘onishi"), Yoxan Yoxannsson ("Qotil")lar nomzod deb topilishgan edi.