Meksikada tomosha vaqtida petarda teatr gumbazida tiqilib qolishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat 01:02 / 29.02.2016 2389

Meksikaning Torreon shahridagi Centenario Coliseo ko‘ngilochar markazida kuchli yong‘in yuz berdi. 26 fevral kuni u yerdagi rodeo-shouda tomoshabinlarni mushakbozlik bilan xushnud qilish vaqtida petardalardan biri inshoot gumbazida tiqilib qolgan. Buning oqibatida bir zumda yong‘in chiqqan. 

Tomoshabinlar va bino xodimlari tezda evakuatsiya qilinganlari uchun hech kim jabr ko‘rmagan. Alanga o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan, ularga oddiy odamlar ham ko‘mak ko‘rsatgan.

Yong‘in sababli ko‘rilgan moddiy zarar 1,6 mln dollarga baholanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: