Kanadaga 4 oy ichida 25 ming suriyalik qochqin keltirildi

Jahon 00:00 / 29.02.2016 2329

2015 yilning noyabridan Kanadaga 25 ming suriyalik qochqin keltirilgan. Bu haqda CBC telekanali ma'lum qildi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, suriyalik qochqinlarning oxirgi guruhi bo‘lgan Kanada harbiy-havo kuchlari samolyotlari 28 fevralga o‘tar kechasi Monreal shahriga qo‘ngan. Shu tariqa, Kanada hukumati joriy yilning 1 martigacha Kanadaga 25 ming nafar suriyalikni keltirish bo‘yicha bergan va'dasini bajardi. Buni Kanada immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik ishlari vaziri Jon Makkallum 29 fevralda rasman ma'lum qilishi kutilmoqda.

Qochqinlar o‘tgan yilning 4 noyabridan Kanada harbiy-havo kuchlarining transport samolyotlari bilan Iordaniya va Liviyadan yetkazilganlar. 2016 yildan boshlab Turkiyada bo‘lgan qochqinlar yetkazila boshlangan.

Makkallum, shuningdek, 2016 yil oxirigacha 50 minggacha suriyalik Kanadaga kelishi mumkinligini aytgan. 10 minggacha qochqin kanadaliklarning xayr-ehsonlari hisobiga olib kelinishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: