Internetda iPhone 7 smartfonining metall korpusi hoshiyasi surati paydo bo‘ldi

Fan-texnika 20:29 / 29.02.2016 4366

Nowhere Else portali iPhone 7 smartfoni korpusining hoshiyasi suratini namoyish qildi.

Suratdan ma'lum bo‘lishicha, Apple’ning yangi smartfoni quloqchinlar uchun 3,5 mm raz'yemni saqlab qoladi. Avval yangi smartfon simsiz quloqchinlarda ishlashini ma'lum qiluvchi suratlar paydo bo‘lgan edi.

Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, smartfon ekrani 5,2 dyuymni tashkil qiladi. Ba'zi mutaxassilar bu suratlar Huawei P9 smartfoniga tegishli degan fikrni ham berishmoqda.

Avvalroq Independent kompaniya hisobotiga asoslangan holda, iPhone 7 Plus suratlar sifatini oshirish maqsadida 2 ta asosiy kameraga ega bo‘lishi haqida xabar bergan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: