Google qidiruv tizimida yangi imkoniyat paydo bo‘ladi. Uning yordamida fotosuratdagi joy o‘rnini GPS yoki joyni aniqlashning boshqa texnologiyalarisiz aniqlash mumkin bo‘ladi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun kompaniya xodimlari sayyoramizning turli burchaklarining 90 mln dan ko‘proq fotosuratidan tashkil topgan PlaNet deb nomlanuvchi neyron tarmoqni yaratdi.
Google’ning yangi funksiyasi ishlash prinsipi foydalanuvchi tomonidan yuklangan suratning ma'lumotlar bazasidagi surat bilan taqqoslanishiga asoslangan. Agar suratlar mos kelsa, PlaNet bu surat olingan joy nomini chiqaradi.
Biroq ayni vaqtda dastur hali mukammallikdan ancha yiroq. PlaNet birinchi sinovlarda 24,8 foiz holatda davlatni, 48 foiz holatda esa qit'ani to‘g‘ri aniqlay olgan, xolos.