Ispaniyalik sport jurnalisti Gilem Balage Madridning «Real» klubi yarimhimoyachi Xames Rodriges bilan mavsum yakunida xayrlashish niyatida ekanini bildirdi.
«Ronaldu va «Real» o‘rtasidagi vaziyatda klub portugaliyalik futbolchini o‘zlari talab qilgan shartlar asosida sotib oladigan jamoa topa olmayapti. Natijada esa jamoa yangi transferlarni moliyalashtirish uchun boshqa muqobil variantlarni o‘rganib chiqmoqda.
Yakunda «Real» Xamesni sotish variantini o‘zlari uchun ma'qul deb topishgan», – deb yozadi Balage o‘zining Sky Sports‘dagi blogida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Real» sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 24 yoshli kolumbiyalik futbolchini «Bavariya»ga taklif qilishni rejalashtirgandi.