Buyuk Britaniyada chet el sarmoyadorlari emigratsiyasi keskin pasaydi

Jahon 17:11 / 29.02.2016 1615

Buyuk Britaniyada yashash uchun viza olgan badavlat sarmoyadorlarning soni 2014 yilga taqqoslaganda 84 foizga kamaygan.

Chet el sarmoyadorlari sonining bu qadar kamayib ketishiga korruptsion qonunbuzarliklarni kuzatish bilan shug‘ullanuvchi Transparency International UK kompaniyasining muntazam taftish ishlarini olib borishlari sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Bloomberg.

Chet ellik sarmoyadorlar emigratsiyasining kamayishi hashamatli ko‘chmas mulk quruvchilari uchun shumxabardir, chunki Arcadis konsalting kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, quruvchilar kelgusi o‘n yil davomida 25 ming dona qimmatbaho uy-joy qurishni rejalashtirgan edilar.

Ko‘proq yangiliklar: