BMT Suriya nifoqchilarini barcha o‘rab olingan shaharlarda qamalni darhol bekor qilishga va muhtoj aholiga insonparvarlik ko‘maklarini yetkazishda xalaqit bermaslikka da'vat etdi.
Yaqin besh kun ichida qamal qilingan tumanlardagi 154 ming odamga yordam yetkazish tadbiri amalga oshiriladi, -dedi Jyenevada BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Boshqarmasi rasmiy vakili Yyens Lerke, deb xabar beradi TASS.
Suriyaning qamal qilingan shaharlarida o‘rtacha 500 ming odam istiqomat qiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj odamlarning soni esa 4,6 millionga yetgan.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, “nizoli tomonlarning kelishuvi”ga umid qilgan holdi, BMT “2016 yilning birinchi choragida chekka hududlarda yashovchi 1,7 million odamga insonparvarlik yordamini yetkazishga tayyor”.
BMT ning Suriyadagi gumanitar koordinatori Yoqub al Xillo so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Suriyada kamida 10 ta kasalxona vayron qilingan.