Bahorning ilk kunlari Toshkentda futbol festivali bo‘lib o‘tadi

Sport 21:51 / 29.02.2016 3348

1-4 mart kunlari Toshkentning "Jar" stadionida "Ertangi kun sporti" deb nomlangan futbol festivali bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Yaponiya o‘smirlar (16 yoshgacha) terma jamoalari ishtirok etadi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun bu musobaqa Hindistonda 15 sentabrdan 2 oktabrgacha bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Bosh murabbiy Timur Olimxo‘jayev bochiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 25 fevraldan musobaqaga tayyorgarchilik ko‘rishni boshlab yubordi.

Musobaqa o‘yinlari jadvali:

1 mart
11:00. O‘zbekiston – Turkmaniston
15:00. Yaponiya – Eron

2 mart
11:00. Yaponiya – Turkmaniston
15:00. O‘zbekiston – Eron

4 mart
11:00. Eron – Turkmaniston
15:00. O‘zbekiston – Yaponiya

Ko‘proq yangiliklar: