Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida amalga oshirilgan navbatdagi terakt kamida 14 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt terrorchi hudkush tomonidan amalga oshirilgan.
Bundan oldinroq Bag‘dod shahri atrofidagi shialar yashovchi Madinat-as-Sadr hududida 2 terrorchi uyushtirgan terakt tufayli 70 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.