Google kompaniyasi Android'ning yangi reklama roligida «Tosh, Qog‘oz, Qaychi» nomli mashhur o‘yin qahramonlarini jonlantirdi.
Ko‘pchilikka tanishki, bu o‘yinning ushbu qahramonlari necha yillar osha bir-biriga dushman hisoblanadi. Videorolikda esa ularning do‘stligi ta'riflanadi.
Unda «Qog‘oz»ni boshqa qog‘ozlar urayotganda, qaychi yordamga keladi. «Tosh»ni boshqa toshlar masxara qilganda esa, «Qog‘oz» yordam beradi.
Video so‘ngida «Birga bo‘l. Bir xil emas» yozuvi ko‘rsatialdi. Google bu bilan Android operatsion tizimida ishlayotgan Samsung, LG, Sony, HTC kabi kompaniyalar do‘st ekanligini ta'riflamoqda, deb tushunish mumkin.