Andijonlik lotereyada 286,4 mln so‘m yutib oldi

Jamiyat 18:50 / 29.02.2016 16183

Andijon viloyatida yashovchi shaxs «Omad lotto» lotereyasida jyekpot sohibi bo‘ldi.

«2016 yilning 28 fevral kuni o‘tkazilgan «Omad lotto» lotereyasining 281-tirajida 286 446 440 so‘mdan iborat jyekpot yutib olindi», deyiladi lotereya saytida.

Yutuqli chipta sohibi 19, 9, 14, 1 va 17 raqamlarini aniq topgan. U 28 fevral kuni «Yoshlar» telekanalida efirga uzatilgan o‘yinda o‘ynalgan jyekpot egasiga aylangan.

Uning shaxsi xavfsizlikni ta'minlash uchun yashirin qoldirilgan.

Yana 121 kishi 4 tadan raqamni aniq topib, ularning har biri 401 290 so‘mlik yutuqni qo‘lga kiritgan.

Lotereyaning 6 mart kuni o‘ynaladigan 282-tirajida jyekpot miqdori 74 720 240 so‘m qilib belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: