Allegri «Inter»ga qarshi o‘yindan keyin: Endi skudetto yo‘lidagi to‘siqlar yanada bittaga kamaydi

Sport 12:25 / 29.02.2016 1693

Italiyaning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A seriyasining 27-turidan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi uchrashuvdan (2:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Inter» – juda jiddiy raqib va ular uchinchi o‘rin uchun kurashni davom ettirishmoqda. Biz ularda yuqoridamiz, biroq kubokning yarim final javob o‘yini haqida ham unutmaslik lozim edi. «Inter»ga qarshi birinchi uchrashuvda tushungandimki, biz uchun mavsum o‘zgarmoqda.

Bugun yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. Bu seshanba kungi «Bavariya»ga qarshi og‘ir kechgan uchrashuvdan keyingi ajoyib o‘yin bo‘ldi.

«Inter» bizga ko‘p bo‘sh o‘rinlar qoldirdi. Biz esa bu vaziyatda to‘p egalik qilish joyini tez-tez o‘zgartirib turishimizga to‘g‘ri keldi. Ba'zida bu o‘xshadi, ba'zida esa yo‘q.

Morataning goli? Zaxirada o‘tirgan har bir futbolchi jamoa uchun yordam bera oladi. Mavsum yakunida har qanday unsurning ham qadri o‘ta yuqori bo‘ladi.

Endi skudetto yo‘lidagi to‘sig‘imiz yana bittaga kamaydi. Ular yana 11ta qoldi. Qancha ko‘p g‘alaba qozonsak, o‘zimizga shuncha kam ish qoldiramiz», – deya gapirib o‘tdi Allegri.

Ko‘proq yangiliklar: