Tomsk politexnika universiteti (TPU) matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, korpusi 3D-printerda chop etilib yig‘ilgan va “Energiya” raketa-kosmik korporatsiyasiga (RKK) topshirilgan birinchi sun'iy yo‘ldosh XKS (Xalqaro kosmik stansiya)dan kosmosga uchiriladi.
RKK sun'iy yo‘ldoshi oxirgi tekshiruvlarni o‘tib bo‘lgach, “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromiga yuboriladi va 31 mart kuni "Progress MS-2" yuk kemasida XKSga olib chiqiladi.
Taxmin qilinishicha, kosmonavtlar sun'iy yo‘ldoshni ochiq koinotga chiqish jarayonida XKSning tashqi yuzasidan uchirish rejalashtirilgan. Sun'iy yo‘ldosh orbitasining balandligi 400 kilometrni tashkil qiladi.
TPUda yaratilgan qurilma nano sun'iy yo‘ldoshlar (CubSat) turiga mansub bo‘lib, uning o‘lchamlari 30x10x10 santimetrni tashkil etadi. Press-relizda ta'kidlanishicha, 3D-printerda chop etish nano sun'iy yo‘ldoshlarni ommaviy va osonroq ishlab chiqarishda yordam beradi.
“TPU sun'iy yo‘ldoshi yangi kosmik material texnologiyalari va bir qancha oliy ta'lim muassasalarining natijalarini sinovdan o‘tkazishda yordam beradi”, - deyiladi matbuot bayonotida.